
- 13
- 18.12.2024 15:54:00
- 1 daq o'qish
Jahon kino tanqidchilari Shon Beykerning “Anora” filmini yilning eng yaxshi filmi deb topdi. Biroq bu film o‘zbekistonliklar uchun emas. Uni mahalliy kinoteatrlarda va uchinchi tomon manbalarida namoyish qilish taqiqlangan.
Eslatib o‘tamiz, “Anora” filmi rossiyalik oligarxning o‘g‘li sevib qolgan o‘zbek millatiga mansub bruklinlik striptizchi haqida. Uning buvisi o‘zbekistonlik bo‘lgan, lekin filmning o‘zida o‘zbek madaniyati, mentaliteti va tarixi mavzulariga to‘xtalmagan va mos ham kelmaydi. Bundan tashqari, striptizchi o‘zini Enni deb ataydi va uning familiyasi ham o‘zbekcha emas.
– IndieWire so‘roviga ko‘ra, u barcha ovozlarning 50 foizini yig‘ib, “Eng yaxshi kartina” nominatsiyasida g‘olib chiqdi. Shuningdek, u eng yaxshi ssenariy uchun birinchi o‘rinni va eng yaxshi rejissyor uchun uchinchi o‘rinni egalladi. So‘rovda qatnashgan tanqidchilar orasida Variety, The New Yorker, Associated Press va boshqa xorijiy OAVlarning 177 nafar vakili bor edi.