Amerikalik mashhur bokschi Rayan Garsiya hibsga olindi

Amerikalik mashhur bokschi Rayan Garsiya hibsga olindi
  • 11
  • 10.06.2024 10:42:00
  • 1 daq o'qish

Amerikalik bokschi Rayan Garsiya Kaliforniya shtati Beverli-Xillz shahrida buzg‘unchilikda ayblanib, hibsga olindi. 
Sportchi yashayotgan mehmonxona uni 15 ming dollardan oshiq mulkka zarar yetkazganlikda ayblagan. Garsiya 8-iyun kuni hibsga olingan.
Ma’lumot uchun, Garsiya 25 yoshda. Uning professional ringdagi hisobida 25 g‘alaba va bitta mag‘lubiyati bor. May oyida sportchi Jahon boks kengashi (WBC) versiyasi bo‘yicha sobiq chempion Devin Xeyniga qarshi jang qilib, g‘alaba qozongandi.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News