
- 2
- 18.12.2025 16:56:00
- 1 daq o'qish
Kecha, Doha shahrida FIFA talqini bo‘yicha yilning eng yaxshilari e’lon qilindi. Marosim Chempionlar Ligasining amaldagi g‘olibi – PSJga ataldi. Bu yilgi “Oltin to‘p”ni yutgan Usmon Dembele The Best — “eng yaxshi futbolchi” sovrinini ham o‘ziniki qildi. Eng yaxshi murabbiy esa Luis Enrike bo‘ldi. PSJ sobiq darvozaboni Donnarumma esa eng yaxshi darvozabon bo‘ldi. Yil jamoasiga esa parijliklarning Donnarumma bilan hisoblaganda naq 6 futbolchisi o‘tgan mavsumdagi ishtiroki uchun kiritildi.