
- 9
- 16.11.2024 13:00:00
- 1 daq o'qish
Ijtimoiy tarmoqlarda Gollivud filmlari ixlosmandlari barcha davrlarning eng yaxshi aktyorini tanladi. Bu ro‘yxatda mashur aktyorlar Bred Pitt va Jonni Depp ham bor. Ammo birinchilik ularga nasib qilmadi. Birinchi o‘rinni “Oskar” mukofoti sovrindori, “Shoushenkdan qochish”, “Londonning qulashi”, “Yetti” filmlari yulduzi Morgan Friman oldi.
Reytingga ko‘ra, 87 yoshli aktyor va rejissyor Morgan Friman eng ko‘p, yaʼni 133 ta ovozni qo‘lga kiritgan.
“Matrisa” filmidagi Kianu Rivz ikkinchi o‘rinni, “Karib dengizi qaroqchilari” filmi bosh qahramoni Jonni Depp uchinchi o‘rinni egalladi.
Qizig‘i shundaki, ovoz berishda ishtirok etgan va birinchi o‘rinlarni egallashi mumkin bo‘lgan ko‘plab mashhurlar reytingda ancha ortda qoldi. Qolgan aktyorlar haqida video ostida o‘qishingiz mumkin.