
- 2
- 26.08.2026 16:12:00
- 1 daq o'qish
1986-yilgi Jahon chempionatining Argentina va Angliya o‘rtasidagi chorak finalida ishlatilgan to‘p 3,35 million dollarga sotildi.
Aynan shu to‘p bilan Diyego Maradona futbol tarixidagi eng mashhur gollardan biri — “Xudoning qo‘li”ni urgan. Argentina o‘yinda 2:1 hisobida g‘alaba qozongan, Maradona esa ikkala golga ham mualliflik qilgan.
Uning ikkinchi goli esa keyinchalik “Asr goli” deb topilgan.
Qizig‘i, o‘sha uchrashuv hakami Ali bin Nosir to‘pni o‘zida saqlab qolgan va 2022-yilda uni 2,37 million dollarga sotgan.