O‘zbekistonlik sportchi 4 yilga diskvalifikatsiya qilindi❌

O‘zbekistonlik sportchi 4 yilga diskvalifikatsiya qilindi❌
  • 19
  • 07.08.2024 15:39:00
  • 1 daq o'qish

Og‘ir atletika bo‘yicha o‘zbekistonlik sportchi Sardor Lapasov antidoping qoidabuzarligini sodir etganligi sababli 4 yil muddatga diskvalifikatsiya qilindi. Sportchidan musobaqa davrida olingan doping sinamasida sportda taqiqlangan “Klenbuterol” moddasi borligi aniqlangan. “Klenbuterol” 2024-yilgi taqiqlangan moddalar ro‘yxatiga kiritilgan.

Diskvalifikatsiya muddatini o‘tayotgan shaxs jazo muddati tugagunga qadar xalqaro va milliy toifadagi musobaqalar va o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etishi taqiqlanadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News