⛷Dunyodagi eng zo‘r 5 ta chang‘i uchish kurorti

⛷Dunyodagi eng zo‘r 5 ta chang‘i uchish kurorti
  • 17
  • 16.12.2023 12:49:00
  • 1 daq o'qish

 

Sizlar uchun dunyodagi eng zoʻr 5 ta changʻi uchish markazlarini bitta postga jamladik. Sizga qaysi biri koʻproq yoqdi?  Izohlarda kutib qolamiz. 

Oʻziga maftun qiluvchi manzaralari, havosi va oʻzgacha changʻi uchish tajribalarini sizlarga taqdim etadigan Aspen changʻi uchishni yaxshi koʻradiganlar uchun eng zoʻr joylardan biri hisoblanadi. Shu bilan birgalikda bu joy koʻrkamli va zamonaviy dam olish maskanlari bilan ham barchaning diqqatini oʻziga jalb qilmoqda. 

📍Garmish – tarixiy shahar markazi, tabiiy muhiti va boy madaniyati bilan Germaniyaning eng zoʻr changʻi uchish markazlaridan biriga aylandi. 

📍Fransiyaning eng koʻzga tashlanuvchi changʻi uchish maydonlaridan biri boʻlgan Mejev oʻzining keng sharoitlarga ega villalari va  butunlay yogʻochdan yasalgan togʻ uylari bilan sayohatchilarga shinam va koʻrkam atmosferani yaratib bermoqda.  

📍Yevropaning eng yirik changʻi uchish markazlaridan biri hisoblagan Varbyer har qanday turdagi sayohatchilar uchun sharoitlarni yaratib bermoqda. 

📍Turkiyaning eng yirik changʻi uchish markazi hisoblangan Ulug‘ togʻda faqatgina changʻi uchilmaydi. Bu yerda snoubord, short-trek va suzish kabi koʻplab sport turlari mavjud.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News