
- 7
- 28.02.2023 12:03:00
- 1 daq o'qish
Kuni kecha Los-Anjelesda AQSH Kinoaktyorlar Gildiyasi mukofotining 29-taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Unda kino hamda teleseriallar ijodkorlariga mukofotlar topshirildi. Quyida g‘oliblar bilan tanishishingiz mumkin.
Eng yaxshi aktrisa – Mishel Yeo “Hammasi, bir joyda, baravariga” filmi uchun;
Eng yaxshi aktyor – Brenden Freyzer “Kit” filmi uchun;
Eng yaxshi TV serial – “Oq Lotus”;
Eng yaxshi serial aktrisasi – Jennifer Kulidj "Oq Lotus" seriali uchun.

