
- 4
- 22.07.2025 10:31:00
- 1 daq o'qish
Tesla transformatori ta’sirida sof gazlar — vodorod, azot, neon, geliy va kripton o‘ziga xos ranglarda nurlanadi. Bu nurlanish elektronlarning energiya pog‘onalaridagi o‘tishlari bilan bog‘liq. Azot faqat transformatorga yaqin joyda kuchli elektr maydonida yaltiraydi. Neon va geliy esa kamroq kuchlanishda ham yorug‘lik chiqarib, uzoqroqda ham ko‘rinadi. Kripton esa Tesla maydonida noodatiy tebranishlar va effektlar yuzaga keltiradi.