
- 1
- 11.08.2026 13:50:00
- 1 daq o'qish
Tatariston rahbari Rustam Minnixanov Nijnekamsk shahridagi dron hujumlari oqibatida jabrlanganlar holidan xabar oldi.
10-avgust kuni Nijnekamskdagi qator obyektlarga dronlar hujum qilishi oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi. Qurbonlar orasida 8 nafar O‘zbekiston va 1 nafar Tojikiston fuqarosi bor. Hujum oqibatida 70 dan ortiq kishi jarohatlangan, 21 kishi shifoxonaga yotqizilgan.
Minnixanov O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlariga hamdardlik telegrammasini yo‘llab, halok bo‘lganlarning oilalariga va jabrlanganlarga zarur yordam ko‘rsatilishini bildirdi. Rossiya Tergov qo‘mitasi hodisa yuzasidan terrorchilik moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.
O‘zbekiston hukumati halok bo‘lgan fuqarolarning jasadlarini Vatanga olib kelish va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish uchun Rossiyaga maxsus ishchi guruh yuborgan.