Uslub — shaxsiyat ifodasi: Vogue 2025 yil uchun eng zamonaviy nomlarni tanladi

Uslub — shaxsiyat ifodasi: Vogue 2025 yil uchun eng zamonaviy nomlarni tanladi
  • 0
  • 15.12.2025 14:22:00
  • 1 daq o'qish

Vogue jurnali 2025 yilning eng zamonaviy shaxslari ro‘yxatini e’lon qildi. Bu safar nashr nafaqat moda va shou-biznes vakillarini, balki uslub orqali madaniyat va jamiyatga ta’sir ko‘rsata olgan kutilmagan shaxslarni ham alohida ta’kidladi.

An’anaviy ro‘yxatdan bu yil ham moda olamida o‘z ovoziga ega bo‘lgan mashhur yulduzlar o‘rin oldi. Ular orasida Bed Banniy — gender chegaralarini yo‘qqa chiqarib, rang va shakllar bilan dadil tajriba qilayotgani bilan ajralib turadi.
Rianna esa yangi musiqiy relizlarsiz ham moda dunyosidagi yetakchi shaxslardan biri bo‘lib qolmoqda.

Shuningdek, ro‘yxatda A$AP Rocky — allaqachon trend belgilovchi erkaklar modasining yetakchi figurasi sifatida tanilgan san’atkor, Rozaliya — avangard, etnik va futuristik unsurlarni uyg‘unlashtira olgan ijodkor. Alohida e’tiborni esa erkaklar modasida jasorat va teatr ohangini olib kirgani uchun, Timoti Shalamega berildi.

Ro‘yxatdagi eng kutilmagan nom esa Rim papasi Leо XIV bo‘ldi. U Vogue tomonidan “aniq, esda qolarli va ramziy jihatdan puxta o‘ylangan uslubi” uchun tanlab olindi. Nashr ta’kidlashicha, uning tashqi qiyofasi kiyimning oddiy bezak emas, balki muloqot, ta’sir va madaniy dialog vositasi bo‘la olishini yaqqol namoyon etadi — hatto an’anaviy moda doirasidan tashqarida ham.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News