Students staged a mass brawl at a school in Tashkent

Students staged a mass brawl at a school in Tashkent
  • 7
  • 31.01.2025 12:45:00
  • 1 daq o'qish

Toshkentdagi maktablaridan birida o‘quvchilar ommaviy mushtlashuv uyushtirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda maktabda ommaviy mushtlashuv qayd etilgan video tarqaldi. Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berishicha, holat 30-yanvar kuni Yangihayot tumanidagi 285-maktabida sodir bo‘lgan bo‘lib, 11-sinf o‘quvchilari o‘zaro janjallashib mushtlashib ketishgan va mushtlashuvga boshqalar ham qo‘shilib ketgan. Mushtlashuv qo‘riqlash xizmati tezkor harakatlanuvchi guruh xodimlari va inspektor-psixolog aralashuvi bilan to‘xtatilgan. Janjalda ishtirok etgan o‘quvchlarning ota-onalari bilan profilaktik tushuntirish ishlari amalga oshirilgan. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News