
- 8
- 05.01.2026 20:38:00
- 1 daq o'qish
2025-yilda ham futbol olamida bir qator mashhur futbolchilar o‘z faoliyatini yakunlashdi. Ayrimlari yoshi sabab, bazilari jarohatlar girdobidan keyin katta futbol bilan xayrlashishga majbur bo‘lishdi. Bu safar ana shunday futbolchilardan bir nechtasini esladik. Ruyhatda borlar: 1. "Real"ning eng yaxshi himoyachilaridan biri Marselo faoliyatini bolalikdagi klubi "Fluminense"da yakunladi. 2. Germaniyalik himoyachi Mats Xummels asosiy faoliyatini grand klublarda o‘tkazib, kamtarona "Roma"da tugatdi. 3. 2016-yilgi Yevropa chempioni Nani 38 yoshida faoliyatini yakunlaganini elon qildi. 4. 2 karra Yevropa chempioni, bir karra jahon chempioni Pepe Reyna 41 yoshida qo‘lqopini "mixga ildi" 5. 2018-yilda Fransiya jahon chempioni bo‘lgach, Samuel Umtitining ishlari orqaga ketdi. Jarohatlar girdobida qolgan himoyachi atigi 32 yoshidayoq faoliyatini yakunlashga majbur bo‘ldi.