- 2
- 21.05.2025 14:45:00
- 1 daq o'qish
Fransiyaning kichik Landerno shahridagi maydonda 3076 kishi Smurflar kostyumini kiyib, tanasini ko‘k rangga bo‘yadilar. Bu orqali ular Ginnes rekordini o‘rnatdi. Bu voqea shaharda Germaniyada o‘rnatilgan avvalgi rekordni yengish uchun uchinchi urinish bo‘ldi va ular buni uddaladilar.
Smurflar 1958-yilda Peyo nomi bilan mashhur bo‘lgan belgiyalik rassom Pyer Kyulliford tomonidan yaratilgan. Ular dastlab komikslarda paydo bo‘lgan va keyinchalik butun dunyo bo‘ylab mashhur multfilm va kino qahramonlariga aylangan.
❓Sizga bu multfilm yoqadimi? Aynan qaysi qahramon?