🕌“Siroj-solih” jome masjidi

  • 14
  • 10.03.2023 15:24:00
  • 1 daq o'qish

Ushbu ko‘rkam masjid 2021-yil 3-mart kuni Toshkent shahri Olmazor tumanida ochilgan. Qayta ta’mir jarayoni ikki yil davom etgan, ya’ni 2019-yilda ta'mirlash ishlari boshlangan. 

Masjid 2000 metr kvadrat maydonda milliy va zamonaviy uslublarning o‘zaro uyg‘unligi asosida barpo etilgan bo‘lib, 4500ga yaqin namozxonni o‘z bag‘riga sig‘diradi. Bu yerda ayollar uchun alohida tahoratxona va namozxona ham qurilgan. Masjidning asosiy xonaqohi ikki qavatdan iborat. Bundan tashqari, bu yerda yerto‘la, anjumanlar zali, sayt faoliyati uchun alohida videostudiya mavjud.

Siz yana Toshkent shahrida joylashgan qaysi masjidni ko‘rishni xohlardingiz?
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News