
- 1
- 29.12.2025 16:06:00
- 1 daq o'qish
2025-yilda Hindistonning Nyu-Dehli shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli World Toilet Summit xalqaro sammitida Qozog‘istonning Shymkent shahri katta e’tirofga sazovor bo‘ldi. Shaharda joriy etilgan smart-hojatxonalar innovatsion yondashuvi, qulayligi va tozaligi bilan dunyodagi eng yaxshi jamoat hojatxonalari deb topildi.
Mazkur hojatxonalar zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan bo‘lib, ularda avtomatik havo tozalash tizimi, dush, bolalar uchun pelenkalash stolchasi, shuningdek, tashrif buyuruvchilar uchun fon musiqasi mavjud. Eng e’tiborlisi — ushbu xizmatlarning barchasi mutlaqo bepul taqdim etiladi.
Hozirda Shymkent shahrida 6 ta smart-hojatxona faoliyat yuritmoqda. Shahar hokimiyati yaqin vaqt ichida ularning sonini 40 taga yetkazishni rejalashtirgan. Mutaxassislar bu tashabbus shahar infratuzilmasini rivojlantirish, turizmni qo‘llab-quvvatlash va aholining kundalik hayot sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlamoqda.