Kutilmagan hodisa: Sevinch Mo‘minova yo‘l-transport hodisasiga uchradi

Kutilmagan hodisa: Sevinch Mo‘minova yo‘l-transport hodisasiga uchradi
  • 0
  • 22.12.2025 13:49:00
  • 1 daq o'qish

Xonanda Xonanda Sevinch Mo‘minova 20-dekabr kuni yo‘l-transport hodisasiga duch keldi. Bu haqda xabar uning Instagram’dagi rasmiy sahifasida e’lon qilindi.

Unda shunday deyiladi:“Bugun Sevinch Mo‘minova bilan bog‘liq kutilmagan holat bo‘ldi. U avariyaga uchradi. Shukrki, hozirda uning ahvoli yaxshi, sog‘-salomat. Xavotir olib yozgan, duo qilgan barchaga uning nomidan chin yurakdan rahmat”

Xonandaning Instagram sahifasida hodisaning batafsil tafsilotlari keltirilmagan. Ma’lum qilinishicha, yo‘l-transport hodisasi oqibatida Sevinch Mo‘minova bosh qismidan jarohat olgan. U bir kun davomida shifoxonada davolanib, shundan so‘ng uyiga ruxsat etilgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi ekani ta’kidlanmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News