Samsung asosiy smartfon bozoridagi yetakchiligini yo‘qotdi

Samsung asosiy smartfon bozoridagi yetakchiligini yo‘qotdi
  • 4
  • 19.10.2024 17:11:00
  • 1 daq o'qish

Hindistonda smartfonlar yetkazib berish bo‘yicha Samsung Xiaomi va Vivo’ga yutqazdi. Canalys tahlilchilarining fikricha, Vivo joriy yilning uchinchi choragida Hindiston smartfon bozorida yetakchilik qilgan. 

Yetakchilikda Vivo smartfonlarini yetkazib berish hajmi 9,1 million donaga yetib, bu bozorning 19 % ini qamrab oldi. Xiaomi 7,8 million dona smartfon yetkazib berib, 17 % bozor ulushi bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Uchinchi o‘rinda esa Samsung Hindiston bozoriga 7,5 million dona smartfonlar yetkazib berib, bozorning 16 % ini egallagan. 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News