Ryugen oroli

Ryugen oroli
  • 14
  • 17.09.2024 13:39:00
  • 1 daq o'qish


 



🚞Germaniyaning eng katta oroli boʻlmish Ryugen oroli oʻzining turfa xil qoyalari bilan Boltiq dengizida oʻzgacha atmosfera yaratadi. Birgalikda bu orolni kashf etishga nima deysiz?

🌿Prora –   orolning tarixiy markazi sifatida tanilmoqda. Bu fashistlar tomonidan qurib bitkazilmagan binodir. Tarixga qiziqqanlar albatta bu joyni koʻrishi kerak.

🦖Orolning Glove qishlogʻida joylashgan dinozavrlar mamlakati esa farzandlaringiz bilan ajoyib vaqt oʻtkazish uchun antiqa joydir.

🛍Oq boʻr qoyalarining  eng chiroylisi boʻlmish Kape Arkona Ryugen orolining eng shimoliy qismidan joy egallagan. Yoʻl davomida sayr qilar ekansiz chiroyli kafelar va bir-biridan oʻzgacha boʻlgan doʻkonlarni ham uchratishingiz mumkin. 

🌊Sellin Pier – koʻplab nafis arxitekturalarga ega boʻlgan sohil kurorti hisoblanadi. Bu kurortning oʻziga jalb qiluvchi xususiyati esa 1901-yildan qolgan suv koʻprigini qaytadan jozibali qilib qurib bitkazilganidadir. Bu koʻprikda estalik uchun suratga tushishingiz mumkin.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News