
- 4
- 17.05.2024 15:44:00
- 1 daq o'qish
Forbes jurnali 2024-yilning eng ko‘p daromad ko‘ruvchi sportchilari reytingini e’lon qildi.
Unga ko‘ra “Al Nassr” klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu birinchi o‘rinni egalladi. Uning daromadi 260 million dollarni tashkil etadi. 200 million klubdan oladigan maoshi bo‘lsa, yana 60 million homiylik shartnomalaridan keladi.
2024-yilda eng ko‘p maosh oluvchi sportchilari o‘nligi:
1. Krishtianu Ronaldu (futbol, “Al Nassr”) – 260 (200+60) mln dollar;
2. Jon Ram (golf) – 218 (198+20) mln dollar;
3. Lionel Messi (futbol, “Inter Mayami”) – 135 (65+70) mln dollar;
4. Lebron Jeyms (basketbol, “Leykers”) – 128,2 (48,2+80) mln dollar;
5. Yannis Adetokumbo (basketbol, “Miluoki”) – 111 (46+65) mln dollar;
6. Kilian Mbappe (futbol, PSJ) – 110 (90+20) mln dollar;
7. Neymar (futbol, “Al Hilol”) – 108 (80+28) mln dollar;
8. Karim Benzema (futbol, “Al Ittihod”) – 106 (100+6) mln dollar;
9. Stefen Karri (basketbol, “Golden Steyt”) – 102 (52+50 mln dollar);
10. Lamar Jekson (amerikancha futbol, “Baltimor”) – 100,5 (98,5+2) mln dollar.