Ronaldu: “Ko‘proq sovrinlar yutib, 1000 ta golga erishmoqchiman, InshaAllah”

Ronaldu: “Ko‘proq sovrinlar yutib, 1000 ta golga erishmoqchiman, InshaAllah”
  • 1
  • 29.12.2025 14:01:00
  • 1 daq o'qish

Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu Globe Soccer Awards marosimida faoliyati davomida 1000 ta gol urish niyatida ekanini ma’lum qildi. Hozirda uning hisobida 956 ta gol bor. Ronaldu tadbirda ketma-ket uchinchi yil Yaqin Sharqning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. U so‘zlarida motivatsiyasi hanuz yuqori ekanini, o‘ynashni davom ettirishni, gol urishni va sovrinlar yutishni istashini ta’kidladi. “Agar jarohatlar bo‘lmasa, bunga erishaman, InshaAllah,” — dedi u. Futbolchining “InshaAllah” degani ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘ldi, ammo Ronaldu Islomni qabul qilgani haqida rasmiy e’lon qilmagan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News