
- 5
- 05.12.2025 14:47:00
- 1 daq o'qish
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video foydalanuvchilarni kulgu va hayratga soldi. Unda to‘ydan oldin kuyov va uning kuyovjo‘ralari marosimga tayyorgarlik ko‘rish o‘rniga PUBG o‘ynab ketgani aks etgan.
Guvohlarning aytishicha, yigitlar o‘yinga shu qadar berilishganki, atrofda davom etayotgan tayyorgarlik, mehmonlar va shovqin-suronga e’tibor ham bermagan. Bir necha daqiqa davomida ular uchun yagona muhim narsa — “Chicken Dinner”ni qo‘lga kiritish bo‘lgan.
Videoga izoh qoldirgan foydalanuvchilar holatni hazil bilan “zamonaviy to‘y marosimining yangi bosqichi”, “do‘stlik va o‘yin birlashgan vaqt” deb atashdi. Ba’zilari esa “kuyov to‘y stressidan PUBG orqali qochyapti”, — deya kuldi.
Ko‘pchilik uchun bu nafaqat kulgili vaziyat, balki bugungi yoshlar orasidagi yangi trend — to‘ydan oldin do‘stlar bilan o‘yin o‘ynab dam olishning noodatiy usuli sifatida baholandi.