
- 8
- 26.10.2024 17:31:00
- 1 daq o'qish
Avvalroq Mbappe sobiq klubidagi maoshi to‘lanmagani sabab sudga ariza bergan edi. Sudda klubning eʼtirozi apellyatsiya qo‘mitasi tomonidan rad etilib, “PSJ”ning Mbappega 55 million yevro to‘lashi kerakligiga qaror qilindi. Parijliklar hali ham bu pulni to‘lamoqchi emas va sudga tayyorlanmoqda.
Mazkur summa Mbappening 2023/24-yilgi mavsumning so‘nggi oylari uchun ish haqi hamda bonuslari hisoblanadi.