
- 1
- 11.08.2026 13:48:00
- 1 daq o'qish
10-avgust kuni Kolumbiyaning g‘arbiy qismida 7,4 magnitudali kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Oqibatda 47 kishi halok bo'ldi va binolar qulab tushdi. Yer silkinishi qo‘shni Ekvadorda ham sezildi.
AQSH Geologiya xizmati ma’lumotiga ko‘ra, zilzila o‘chog‘i San-Xose-del-Palmar hududida, Bogotadan qariyb 400 kilometr g‘arbda joylashgan. Zilzila chuqur qatlamlarda yuz bergan.