
- 3
- 23.11.2026 13:53:00
- 1 daq o'qish
Özbekistonda davlat gerbi va davlat mukofotlaridagi yozuvlarni yangilangan özbek alifbosiga moslaştiriş rejalaştirilmoqda. Uşbu özgarişlar yangi alifboni jamiyatning barça sohalariga joriy etiş böyiça hukumat qarori loyihasida nazarda tutilgan.
Rejaga köra, tegişli davlat idoralari hujjatlarni aprelgaça işlab çiqişi, iyun oyiga qadar esa Vazirlar Mahkamasiga taqdim etişi lozim.
Hozirça davlat gerbi va mukofotlaridagi yozuvlar aynan qanday körinişda bölişi ma’lum emas. Hozirgi bosqiçda ularni yangi alifboga moslaştiriş uçun zarur huquqiy özgartirişlarni tayyorlaş közda tutilgan.