O‘rinboyev Angliyada debyut qildi

O‘rinboyev Angliyada debyut qildi
  • 4
  • 24.02.2024 14:21:00
  • 1 daq o'qish

 

Yanvar oyida o‘zbekistonlik futbolchi Angliyaning “Brentford” klubiga transfer qilingandi. Muhammadali kecha, 23-fevral kuni klubning U21 jamoasi safida debyut uchrashuvini o‘tkazdi. “Reding” U21 jamoasiga qarshi kechgan o‘yinda “Brentford” 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. O‘rinboyev o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va kichik jarohat sabab 59-daqiqada zahiraga olindi.
Ma’lumot uchun, 18 yoshli futbolchi “Paxtakor”dan Angliyaga qishgi transferlar doirasida ko‘chib o‘tgan edi. Klublar o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq, u 30-iyunga qadar “Brentford”da ijarada asosida o‘ynaydi. Ushbu muddatdan keyin esa Angliya klubi Muhammadalini sotib olish huquqiga ega bo‘ladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News