
- 5
- 17.04.2026 18:32:00
- 1 daq o'qish
Kecha, 16-aprel kuni FIDE nomzodlar turniri 2026 musobaqasining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Taqdirlash marosimida ayollar o‘rtasida Vaishali Rameshbabu 8,5 ochko bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritib, jahon chempionligi uchun Ju Venjunga qarshi o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘ldi. Erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan bahsda esa o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov 10 ochko va 6 g‘alaba bilan muddatidan oldin chempionlikni qo‘lga kiritdi. U Fabiano Karuana, Hikaru Nakamura va boshqa kuchli raqiblarni mag‘lub etdi. Javohir Sindorov nutqida, bunday musobaqada g‘alaba qozonish har bir insonning orzusi ekanligini, turnir juda ajoyib o‘tgani va kelajakda shunday sharoit yaratilgan har qanday turnirda ishtirok etishini aytdi. Mazkur turnirdagi g‘alaba Sindorovga amaldagi Jahon chempioni Gukesh Dommarajuga qarshi shaxmat toji uchun kechadigan bahsda yana bir imkoniyat beladi.