Rasman: Abbosbek Fayzullayev “ Istanbul Bashakshehir” klubiga o‘tdi

Rasman: Abbosbek Fayzullayev “ Istanbul Bashakshehir” klubiga o‘tdi
  • 1
  • 31.07.2025 10:04:00
  • 1 daq o'qish

O‘zbekistonlik futbol ishqibozlari intiqib kutgan xabar nihoyat rasman tasdiqlandi. Endi Abbosbek Fayzullayev Turkiyaning “Istanbul Bashakshehir” klubida to‘p suradi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 22 yoshli futbolchimiz yangi jamoasida 11-raqam ostida harakatlanadi. Mutaxassislar va jamoa murabbiylari Fayzullayevning tezkorligi, maydonni aniq ko‘ra olishi va aniq paslari bilan yangi klubga katta foyda keltirishiga ishonishmoqda.

Abbosbek Fayzullayevga yangi klubning yangi mavsum o‘yinlarida omad tilab qolamiz!

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News