
- 4
- 14.04.2023 14:53:00
- 1 daq o'qish
Xiaomi yangi Mi Band 8 fitnes bilaguzukining barcha variantlarini namoyish etdi. Ushbu model 18-aprel kuni taqdim etilishi kutilmoqda. Kompaniya hozircha uning xususiyatlarini oshkor etmadi. Ammo bir qator suratlarni taqdim etdi. Suratlarga asoslangan holda shuni aytishimiz mumkinki, yangi fitnes brasletlar turli dizayn va turli xil rangda sotuvga chiqariladi. Undan tashqari endi ularni nafaqat bilakga balki aksessuar sifatida bo‘yinga ham ilish mumkin.
Katta o‘zgarishlardan yana biri Mi Band 8 endi tasmaga mos keladigan kapsula emas, u endi tasmaga va bilaguzukga boshqa usulda mahkamlanadi.
