Nothing Ear 2 quloqchini sotuvga chiqishga yaqin

  • 6
  • 24.03.2023 14:03:00
  • 1 daq o'qish

Nothing kompaniyasi o‘zining yangi avlod simsiz “naushnik”larini taqdim etdi. Yangi quloqchinlar Nothing Ear 2 deb nomlanadi. Quloqchinlar shaffof korpusda va faqat oq rangda taqdim etildi. Ovoz sifatini yaxshilash uchun Ear 2 Lhdc 5.0 kodekini qo‘llab-quvvatlaydi, bu esa hi-Res formatida audio ijro etish imkonini beradi. Nothing x ilovasi yordamida siz ma’lum bir foydalanuvchining quloqlarini hisobga olgan holda ovozni sozlashingiz mumkin. Quloqchinlar sotuvi 28-martdan boshlanadi va $149 deya baholanmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News