
- 4
- 05.12.2025 15:00:00
- 1 daq o'qish
London Chess Classic 2025 — yirik xalqaro turnir bo‘lib, umumiy mukofot jamg‘armasi 50 ming funt sterlingni tashkil etadi. Bu nufuzli musobaqada o‘zbekistonlik supergrossmeyster Nodirbek Abdusattorov ajoyib natija ko‘rsatib, muddatidan oldin chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Abdusattorov turnir davomida 6 ta g‘alaba va 1 ta durang qayd etib, raqiblariga deyarli imkon qoldirmadi. Uning agressiv, shu bilan birga aniq hisob-kitobga asoslangan o‘yini xalqaro shaxmat jamoatchiligi tomonidan yuqori baholandi.
Bu g‘alaba Nodirbekning reytingida ham katta o‘zgarish yasadi. FIDE Jahon kubogidagi muvaffaqiyatsiz natijadan so‘ng u 18,4 reyting ochkosini yo‘qotgandi, biroq London Chess Classicdagi ishonchli o‘yin evaziga 20 ta reyting ochkosini qo‘lga kiritdi. Natijada u onlayn reyting tizimida 22-o‘rindan 12-o‘ringa ko‘tarildi.
Mutaxassislarning fikricha, Abdusattorovning bu yutuqi uning yirik turnirlardagi ishtirokini yanada kuchli bosqichga olib chiqadi va superelita shaxmatchilar qatoridagi o‘rnini yanada mustahkamlaydi.