Nikolas Keyj yangi qiyofada

Nikolas Keyj yangi qiyofada
  • 2
  • 20.05.2025 15:06:00
  • 1 daq o'qish

Amerikalik mashhur rejissyor Devid O. Rassell tomonidan suratga olingan yangi dramatik filmda sport olamining yorqin siymolaridan biri — Amerika futboli tarixidagi eng nufuzli murabbiylardan Jon Madden hayoti va faoliyati sahnaga olib chiqiladi. Filmda bosh rolni taniqli aktyor Nikolas Keyj ijro etmoqda.

Bu loyiha Nikolas Keyj uchun navbatdagi katta sinov bo‘ldi. U Jon Madden obrazini iloji boricha ishonarli va chuqur ochib berish maqsadida tashqi qiyofasini ham tubdan o‘zgartirdi. Yuz qiyofasi va biroz vazn bilan u tanib bo‘lmas darajaga kelgan.

Tomoshabinlar va kino tanqidchilari ushbu filmni katta qiziqish bilan kutishmoqda. Ayniqsa, Nikolas Keyjning bu roldagi ijrosi aktyorlik mahoratining yangi bosqichiga o‘tganining dalili sifatida ko‘rilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News