
- 3
- 10.04.2023 14:14:00
- 1 daq o'qish
iPhone’da ChatGPT uchun maxsus ilova ishlab chiqarildi. Ushbu ilova orqali matn yoki ovoz orqali ChatGPT’ga so‘rov yo‘llash mumkin. Ushbu ilova Petey deb nomlanadi. Dastlab ilova faqatgina Apple Watch’da ishlar edi.
Chat-bot Siri ovozli yordamchisi bilan bevosita hamkorlikda ishlasa bo‘ladi. Shunda sun’iy intellektdan yanada kengroq foydalanish mumkin bo‘ladi.
iPhoneda ChatGPTni ishlatish pulli. AQSHda oyiga 8 dollar miqdorida abonent to‘lovi joriy qilindi. Bu GPT-3.5 modelining narxi, keyinroq GPT 4 bilan ishga tushganida, narx oshadi.