
- 2
- 04.12.2025 16:23:00
- 1 daq o'qish
So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda juda qiziqarli trend paydo bo‘ldi — ko‘pchilik eski iPhone 11’ini tashqi ko‘rinish bo‘yicha iPhone 17 Pro darajasiga olib chiqmoqda. Ustalar shunchalik sifatli dizayn o‘zgarishi qilayaptiki, uni haqiqiy modeldan farqlash deyarli imkonsiz.
Yangi korpus, kamera bloklari, premium ranglar, hatto iPhone 17 Pro’ga xos bo‘lgan detal va chiziqlar — barchasi juda puxta ishlanmoqda. Faqat juda yaqin masofada yoki diqqat bilan qaralsa, farq sezilishi mumkin.
Bu xizmat hozirda juda ommalashgan: ustaxonalarda navbatlar kun sayin oshmoqda, ko‘pchilik esa telefonini “yangilamay turib yangilagandek” qilishni afzal ko‘rmoqda. Narx esa yangi telefon sotib olishdan ancha arzon, shu sababli trend yanada tez tarqalmoqda.