Polshada 5-qavatdan tushib ketgan qizaloqni qo‘shnilar qutqarib qolishdi

Polshada 5-qavatdan tushib ketgan qizaloqni qo‘shnilar qutqarib qolishdi
  • 1
  • 12.08.2026 12:44:00
  • 1 daq o'qish

Polshada qo‘shnilar 4 yoshli qizaloqning hayotini saqlab qoldi. Aniqlanishicha, qizaloq ko‘p qavatli uyning beshinchi qavatidagi balkonning tashqi tokchasiga chiqib qolgan. Buni ko‘rib qolgan qo’shnilar zudlik bilan harakat qilib, ko‘rpani yoygan holda uni tutib olishgan. Voqeadan so‘ng, qizaloq kasalxonaga olib borilgan va shifokorlar unda faqat yengil jarohatlar borligini ma’lum qilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur holat vaqtida qizaloqning onasi xonada uxlab yotgan. Huquq-tartibot xodimlari o‘tkazgan tekshiruvda esa ayolning qonida alkogol borligi aniqlangan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News