“Muhtasham yuz yil” qanday yaratilgan? 8 qismli hujjatli film haqida

“Muhtasham yuz yil” qanday yaratilgan? 8 qismli hujjatli film haqida
  • 26
  • 16.11.2026 11:47:00
  • 2 daq o'qish

Millionlab tomoshabinlar qalbidan joy olgan "Muhtasham yuz yil" serialining qanday yaratilgani, aktyorlar tanlovi va suratga olish jarayonidagi qiyinchiliklar haqida 8 qismli hujjatli film ishlangan.

2011–2014-yillarda namoyish etilgan "Muhtasham yuz yil" (Muhteşem Yüzyıl) seriali Sulton Sulaymon va Xurram Sultonning hayoti haqida hikoya qiladi. To‘rt mavsum va 139 qismdan iborat serial bugungacha muxlislar xotirasida saqlanib qolgan.

Ammo ko‘pchilik "Muhtasham yuz yil. Sirli dunyo" (Muhteşem Yüzyıl: Gizli Dünya) nomli hujjatli film mavjudligini bilmasligi mumkin.

Filmda jangovar sahnalarni suratga olishdagi qiyinchiliklar, aktyorlar tanlovi va XVI asrdagi Topkapi saroyini qayta yaratish jarayoni ko‘rsatilgan. Serial uchun 5 ming kvadrat metr maydonni egallagan maxsus pavilyon qurilgan.

Xurram roliga aktrisa qanday topilgan?

Hujjatli filmning eng qiziqarli qismlaridan biri Xurram Sulton roliga aktrisa izlash jarayonidir. Ijodiy guruh Turkiya, Rossiya, Ruminiya va boshqa mamlakatlardan nomzodlarni ko‘rib chiqqan, ammo mos ijrochini topa olmagan.

Suratga olish boshlanishiga sanoqli kunlar qolganida prodyuser Temur Savji Germaniyada Maryam Uzerlini kashf etgan. Aktrisa suratga olish ishlariga atigi 10 kun qolganida Xurram roliga tasdiqlangan.

Serial ssenariynavisi Meral Okay esa ayrim voqealarning tarixiy haqiqatdan farq qilishini izohlab, loyiha to‘liq tarixiy asar emas, balki tarixiy elementlarga asoslangan badiiy hikoya ekanini ta’kidlagan.

"Muhtasham yuz yil. Sirli dunyo" hujjatli filmi muxlislarga sevimli serialining ekran ortidagi noma’lum jihatlarini kashf etish imkonini beradi.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News