
- 1
- 12.08.2026 18:59:00
- 1 daq o'qish
Toshkentdagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yaqinida mototsikl haydovchisi YPX xodimlarining to‘xtash haqidagi qonuniy talabiga bo‘ysunmay, yuqori tezlikda harakatlangan.
Hodisa aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan. Huquq-tartibot xodimlari haydovchining shaxsini aniqlab, unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirgan.
Sud qaroriga ko‘ra, haydovchiga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Shuningdek, u mototsikl boshqarish uchun zarur bo‘lgan “A” toifali haydovchilik guvohnomasiga ega emasligi aniqlangan. Unda faqat “B” toifali guvohnoma bo‘lgan.
Qamoq jazosini o‘tab bo‘lgach, mototsiklini olib ketish uchun murojaat qilganida unga nisbatan qo‘shimcha choralar ko‘rilishi ma’lum qilingan.