Mujtabo Xomanaiy omma oldida ko‘rindi: uning ilk videosi e’lon qilindi

Mujtabo Xomanaiy omma oldida ko‘rindi: uning ilk videosi e’lon qilindi
  • 1
  • 10.08.2026 14:41:00
  • 1 daq o'qish

Eronning oliy rahnamosi Mujtabo Xomanaiy aks etgan ilk video e’lon qilindi. 8-avgust kuni Mehr axborot agentligi tarqatgan videoda Xomanaiy bir guruh odamlar bilan suhbatlashayotgani ko‘rinadi.
Biroq video qachon va qayerda suratga olingani, undagi boshqa shaxslar kim ekani ma’lum qilinmagan.
Video Mujtabo Xomanaiyning sog‘lig‘i va qayerdaligi haqidagi turli taxminlarga javob sifatida e’lon qilingan bo‘lishi mumkin.
Mujtabo Xomanaiy xavfsizlik sababli uzoq vaqt omma oldida ko‘rinmagan. Uning sog‘lig‘i va qayerda ekani haqidagi ma’lumotlar esa hanuz noaniq.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News