
- 2
- 09.12.2025 16:21:00
- 1 daq o'qish
Nikaraguada to‘p suradigan darvozabon Gabriel Urbina nafaqat mahoratli seyvlar, balki o‘ziga xos sahnaviy chiqishlari bilan ham mashhurlikka erishdi. U maydonga chiqish jarayonida “modelcha yurish”, gol nishonlashda esa raqsga tushishi bilan ijtimoiy tarmoqlarda katta shov-shuvga sabab bo‘ldi.
Urbina ishtirokidagi videolar millionlab ko‘rildi, hatto ba’zi foydalanuvchilar uni hazil tariqasida “Koinot go‘zali – 2023” bilan solishtira boshladi. Darvozabonning kreativligi kimnidir kuldirsa, kimdir uni qo‘llab-quvvatlamoqda. Ayrim muxlislar esa bunday harakatlar futbolning rasmiy ruhiga mos kelmasligini aytmoqda.
Shunga qaramay, Gabriel Urbina hozir futbol internetining eng ko‘p muhokama qilinayotgan qahramonlaridan biriga aylangan.