
- 1
- 28.04.2026 15:36:00
- 1 daq o'qish
Sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi Lionel Messi Kataloniyada joylashgan “Kornelya” futbol klubining yangi egasiga aylandi. Bu haqda klub rasmiy bayonot berdi
Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Messi sotib olish jarayonini yakunlab, keyingi qadami orqali sportni yanada rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratgan.
Ma’lumot uchun, stadion sig‘imi atigi 1500 tomoshabinga mo‘ljallangan. Shuningdek, klub akademiyasidan David Raya va Jordi Alba kabi mashhur futbolchilar ham yetishib chiqqan.
Umuman olganda, so‘nggi vaqtlarda futbol yulduzlarining Ispaniya klublariga sarmoya kiritishi ko‘payib bormoqda. Jumladan, Messining azaliy raqibi Kristianu Ronaldu ham “Almeriya” klubiga investitsiya qilgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan.