
- 8
- 27.03.2023 14:33:00
- 1 daq o'qish
Xalqaro teatr kuni 1961-yil YUNESKO huzuridagi xalqaro teatr institutining IX kongressida belgilangan va har yili 27-mart kuni Xalqaro teatr jamiyati tomonidan nishonlanib kelinadi. Ommaviy teatr kunining ilk Xalqaro murojaati 1962-yil fransuz yozuvchisi va rassomi Jan Kokto tomonidan yozilgan. Birinchi teatr postanovkasi mil. av. 2500-yillarga borib taqaladi va ilk teatr namoyishi Misrda tashkil etilgan. O‘tgan yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, mamlakatda faoliyat koʻrsatayotgan teatrlar soni 50 tani tashkil etib, ularda jami 9476 ta spektakl sahna yuzini koʻrgan boʻlsa, shundan 719 tasi bepul namoyish etilgan.
Siz necha marta teatrda bo‘lgansiz va qaysi spektakl sizga ko‘proq yoqadi?

