
- 13
- 12.10.2024 14:57:00
- 1 daq o'qish
Akademik eshkak eshuvchilarimiz Samarqandda oʻtayotgan Osiyo chempionatida dastlabki medaliga sazovor boʻlishdi. Unga yengil vazn toifasida yakkalik dasturida qatnashgan Malika Tagmatova mualliflik qildi.
Hamyurtimiz murosasiz kechgan A finalidagi poygada 8:17.538 daqiqa bilan marraga ikkinchi boʻlib yetib keldi va kumush medalni qoʻlga kiritdi.