Lyudvig Van Betxoven

Lyudvig Van Betxoven
  • 11
  • 17.03.2023 14:39:00
  • 1 daq o'qish

Vena, “Oy sonatasi”, chimirilgan qoshlar va betartib sochlar bu barchasi Lyudvig Van Betxovenni tilga olganda tez-tez takrorlanadigan so‘zlardir. Betxoven tom ma’noda musiqa dahosi edi. Buyuk kompozitor quloqlari eshitmasada betakror musiqalar yaratdi. 56 yil umr ko’rgan musiqachi o‘z davridagi barcha janrlarda musiqa bastalagan. Quyida Betxoven haqida qiziqarli faktlarni sizlarga keltirib o‘tamiz.

• Betxoven ilk bor sahnaga 7 yoshida qadam qo‘yadi
• 16 yoshida onasi vafot etgach 6 nafar ukalarini boqish uchun ishlay boshlaydi
• Betxoven 9-simfoniyasi ustida 12 yil davomida ishlaydi va u shedevrga aylanadi
• Bastakor matematik amallarni umuman bajarolmagan
• Betxovenning eshitish qobilyatini yo‘qotishiga te-tez boshini sovuq suvga tiqishi sabab deyiladi. Buyuk iste’dod sohibi bunday qilishidan maqsad kamroq uxlab ko‘proq ishlash bo‘lgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News