
- 14
- 15.01.2026 15:13:00
- 1 daq o'qish
AQShda istiqomat qiluvchi 81 yoshli ayol saraton kasalligi bilan kurashayotgan nabirasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida zamonaviy texnologiyalar olamiga dadil qadam qo‘ydi. U nabirasining sevimli o‘yini bo‘lgan Minecraftni mustaqil ravishda o‘rganib, YouTube platformasida shaxsiy kanal ochdi.
Avvaliga shunchaki nabirasi bilan vaqt o‘tkazish va uni ruhiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashni maqsad qilgan bu ayol, qisqa vaqt ichida minglab tomoshabinlar e’tiborini qozondi. Uning samimiy videolari, sodda va mehrga boy uslubi foydalanuvchilarni befarq qoldirmadi. Natijada kanal atigi bir oy ichida qariyb 100 ming obunachiga ega bo‘ldi.
Bugungi kunda buvi o‘z kanalida to‘plangan barcha daromadni — xayriya, reklama va tomoshabinlar qo‘llab-quvvatlashi orqali tushgan mablag‘larni — to‘liq ravishda nabirasining davolanishi va tibbiy xarajatlariga yo‘naltirmoqda. Uning bu harakati butun dunyo bo‘ylab insonlarga ilhom bag‘ishlab, mehr, fidoyilik va texnologiya yosh tanlamasligini yana bir bor isbotladi.
Bu voqea ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, minglab foydalanuvchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. 81 yoshli buvining jasorati va muhabbati insoniylikning eng yorqin namunasiga aylandi.