Kyokenxof — betakror gullar bog‘i

Kyokenxof — betakror gullar bog‘i
  • 11
  • 31.03.2023 13:16:00
  • 1 daq o'qish

Bahorda qayerga sayohat qilishni bilmayotgan bo‘lsangiz, biz sizga ajoyib joyni tavsiya etamiz. Niderlandiya butun dunyoga o‘zining betakror lolalari bilan nom taratgan. Ayni bahor chog‘ida yuzlab dalalar noyob lolalar bilan yashnab ketadi. Bahor oylarida niderlandiyaliklar mashina va velosipedlarda lolalarni tomosha qilish uchun sayrga chiqadilar. Bunday sayrlarni ular “Gulli yo‘l” deb ataydilar. Lekin siz turli xildagi lolalarni bir joyda ko‘rishni istasangiz Kyokenxof bog‘i aynan siz uchun. Bu bog‘ dunyodagi eng katta gullar bog‘i hisoblanadi. Agar siz ranglarning xilma-xil palitrasi va gullarning yoqimli hididan bahramand bo‘lishni istasangiz, bu joy siz uchun juda mos keladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News