
- 14
- 30.07.2024 16:10:00
- 1 daq o'qish
Dzyudo bo‘yicha Olimpiya chempioni Diyora Keldiyorova raqibi Ute Abega qarata o‘zbekistonliklar tomonidan yozilayotgan kamsituvchi kommentlarni bas qilishga chaqirdi.
Hamyurtimiz g‘alabasidan so‘ng o‘zbekistonlik ko‘plab Instagram foydalanuvchilari yaponiyalik sportchining shaxsiy sahifasiga haqoratomuz fikrlarni qoldira boshlagan. Diyora Keldiyorova ulardan hammaga hurmat ko‘rsatishlarini so‘rab, “Sport birlashtiruvchi kuch. Biz dzyudo oilasimiz. Iltimos to‘xtating”, deya yozib qoldirgan.
Yaponiyalik dzyudochi Olimpiadadagi mag‘lubiyatidan so‘ng yig‘lab yubordi. U besh yildan beri dzyudo bo‘yicha jahon turnirida mag‘lub bo‘lmayotgan edi.