
- 3
- 25.11.2026 10:50:00
- 1 daq o'qish
Masalliqlar:
5 donakartoshka
1 stakan qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq
1,5 stakan un
1 dona tuxum
biroz petrushka va tuz
Tayyorlanishi:
Kartoshkalarni qaynatib, ezgich yordamida yaxshilab ezib olamiz. Ustiga pishloq, un, tuxum, Petrushka va tuz qo‘shamiz. Qo‘lga biroz yopishadigan, yumshoq xamir hosil bo‘lguncha yaxshilab qoramiz. Xamirni bo‘laklarga bo‘lib, zuvalachalar olamiz. Kaftimizda yumaloqlab, so‘ng jo‘va yordamida yoyamiz. So‘ng, qizdirilgan tovaga solib, ikki tomonini birdek qizartirib pishiramiz.
Pishgan nonchalarning ustiga sariyog‘ surtamiz. Taomimiz tayyor!
Yoqimli ishtaha🤗🤗