🕌 Jozibador ko‘rinishga ega “Abu Saxiy” jome masjidi

  • 13
  • 24.02.2023 13:47:00
  • 1 daq o'qish

Chilonzor tumanida joylashgan ushbu 3 ming o‘rinli  nur bilan to‘lgan masjid har bir insonni o‘ziga tortmasdan qolmaydi. Masjid ichi juda keng bo‘lib, ikki qavat va yerto‘la qismdan (podval) iborat.

35 metrli yirik gumbazni 8 ta ustunlar ushlab turadi. Masjid rasmiylarining aytishicha, 8 ta ustunlar jannatning 8 darvozasi ramzi sifatida qurilgan. “Minoralar uzunligi Payg‘ambarimiz alayhissalomning yoshlariga moslab 63 metrdan qilingan. Bu yerda har bir detalga ma’no berishga harakat qilganmiz”, - deydi mas’ullar. 

Siz juma namozingizni qaysi masjidda ado etdingiz?

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News