Isroilda azon aytişni çeklovçi qonun loyihasi rad etildi

Isroilda azon aytişni çeklovçi qonun loyihasi rad etildi
  • 5
  • 26.11.2026 15:01:00
  • 1 daq o'qish

Isroil parlamenti masjidlarda azon aytiş ovozini çeklaşni nazarda tutuvçi qonun loyihasini rad etdi. Ovoz berişda 45 nafar deputat hujjatni qöllab-quvvatlagan, 63 nafari esa qarşi çiqqan. Bu haqda The Times of Israel xabar berdi.

Qonun loyihasi muhokamasi vaqtida mamlakat milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir bilan janjal kelib çiqqan. Natijada vazir majlislar zalidan çiqarib yuborilgan.

Öta öngçi “Otzma Yehudit” partiyasi deputatlari taklif qilgan hujjatda masjidlar ovoz kuçaytirgiçlardan foydalaniş uçun maxsus ruxsatnoma olişi kerakligi belgilangan edi. Şuningdek, politsiyaga azon eşittirişni töxtatiş, ovoz kuçaytirgiçlarni musodara qiliş va jarima soliş vakolatini beriş közda tutilgan.

Arab deputatlar qonun loyihasini mamlakatdagi musulmon ozçilikni ta’qib qilişga uriniş deb baholagan.

#casia #news #Isroil #Azon

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News