
- 1
- 17.08.2026 10:51:00
- 1 daq o'qish
Toshkentning Sergeli tumanidagi maktablarda “Aqlli maktab” tizimi doirasida aqlli kameralar o‘rnatila boshlandi.
Tajriba loyihasi doirasida 9–11-sinf xonalarining 345 tasidan 177 tasiga kamera o‘rnatilgan. Kameralar orqali o‘quvchilar davomatini avtomatik aniqlash, maktabga kirish-chiqishni nazorat qilish, begona shaxslarni aniqlash va o‘quvchilarning darsdagi faolligini tahlil qilish imkoniyati yaratiladi.
Shuningdek, farzandining maktabga kelgani yoki ketgani haqida ota-onalarga avtomatik xabar yuborish tizimi ham yo‘lga qo‘yiladi.
Qolgan xonalarga kameralar o‘rnatish ishlari 25-avgustgacha yakunlanishi rejalashtirilgan. Kelgusida tizim Toshkentdagi boshqa maktablarga ham bosqichma-bosqich joriy etiladi.